English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo tennischilari Namangan kortlarida
14:06 / 2025-07-23

Namanganda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida J30 tasnifiga kiruvchi tennis turnirida dunyoning 10 dan ortiq davlatidan kelgan raketka ustalari o‘zaro raqobatlashmoqda.

Quvonarlisi, musobaqaning yakkalik bahslarida Nuriddin Baxtiyorov, Mahmudbek Benazarov, Hamidjon Mansurov, Alan Zinatulin, Daler Ulug‘ov, Danila Kvasov, Abdurahmon Karimov o‘g‘il bolalar o‘rtasida muvaffaqiyatga erishdi. Qizlar o‘rtasida esa  Muslimaxon Turdimurodova, Madinaxon Boltaboyeva, Shahzoda Ortiqboyeva kabi tennischilarimiz ikkinchi davraga yo‘l oldi.

Shuningdek, juftlik bellashuvlarida Shahzoda Ortiqboyeva qozog‘istonlik Linara Bulesheva bilan chorak finalga yo‘l oldi va unda neytral tennischilar Karina Shayaxmetova hamda Mariya Uvarova bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. Madinaxon Solijonova va fransiyalik Yeva Dzyugurda tandemi qozog‘istonlik Yekaterina Tyan va neytral tennischi Eliza Vetapantiushinaga qarshi yarim final yo‘llanmasi uchun kuch sishadigan bo‘ldi.  

O‘g‘il bolalar orasida Amir Safoyev neytral tennischi Timur Dautov bilan duet hosil qilib, 1/4 final bosqichida boshqa bir neytral tennischilar Mark Baxanov va Nikita Penkov juftligiga qarshi kortga chiqish huquqini qo‘lga kiritdi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA