Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo tennischilari Andijonda jam bo‘ldi
16:03 / 2025-11-11

Andijonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida J30 tasnifiga kiruvchi nufuzli musobaqada yigit va qizlar yakkalik hamda juftlik bahslarida raqobatlashmoqda.

Musobaqaning yakkalik bellashuvlarida Behruzjon Baxshillayev ukrainalik Kirill Chistikovni 6:3, 7:6 hisobida taslim etgan bo‘lsa, Yusufbek Malikov qozog‘istonlik Yegor Sorokinni 6:3, 5:7, 6:3 hisobida yengdi. Shuningdek, Amir Safoyev, Alibek Otaboyev, Hamidjon Mansurov, Abdurahmon Karimov kabi tennischilarimiz ilk turdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Qizlar o‘rtasida esa Samira Qoziyeva neytral maqomdagi tennischi Mariya Sosunovani 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Nargiza Sobitova esa Tamara Gavashelini 7:6, 6:2, Emili Kim esa qozog‘istonlik Tatyana Ivanovani 4:6, 6:1, 6:1, Muslimaxon Turdimova neytral tennischi Bojena Savchukni 6:2, 6:4 hisobida mag‘lub etgan holda ikkinchi davraga chiqdi.

Ayni damda musobaqada juftlik bellashuvlari davom etmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA