O‘zA o‘quvchilarni jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etishda davom etadi.
Qamishli, Suriya: AQSH va Isroilning Eron bilan ziddiyati asnosida mahalliy xalqaro aeroport yaqiniga qulagan raketa yonida turgan bola.
Galle, Shri-Lanka: Suv osti kemasining Eronga qarashli “Iris Dena” harbiy kemasiga hujumida jarohatlangan kishi kasalxonaga olib kelindi.
Ahmadobod, Hindiston: Xoli bayrami payti ixlosmandlar ibodatxona hududida rangli kukun bilan bo‘yalmoqda.
Isroil-Livan chegarasi: Hizbulloh bilan ziddiyat yana avj olgach, Isroil harbiy mashinalari chegara hududiga yaqinlashyapti.
Pekin, Xitoy: Xalq siyosiy maslahat kengashi ochilishi sessiyasi oldidan Tyananmin maydonida turgan ishtirokchilar yomg‘ir po‘sh kiyib olishgan.
Tehron, Eron: AQSH va Isroilning Eron bilan mojarosi sharoitida politsiya bo‘limiga berilgan zarbadan so‘ng odamlar duo qilishmoqda.
London, Buyuk Britaniya: Maxsus kiyim kiygan yahudiy bolalari Londonda har yili Purim bayramini shunday nishonlaydi.
Fujayra, Birlashgan Arab Amirliklari: Uchuvchisiz samolyot mudofaa tizimi tomonidan tutib olingach, Fujayra neft sanoati hududida chiqindidan yong‘in va tutun ko‘tarilyapti.
Limassol, Kipr: Gretsiyaning “Kimon” va “Psara” fregatlari Yaqin Sharqdagi mojaro kuchayib borishi sharoitida Limassol portiga yaqinlashmoqda.
Janubiy Afrika Respublikasi: Prezident Siril Ramafosa “Africa Energy Indaba” konferensiyasidagi nutqidan so‘ng elektr va energetika vaziri Kgosiensho Ramokgopa bilan muloqot qilmoqda.
Fardona Yaxshiboyeva, O‘zA