Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo suratlarda
07:49 / 2026-03-03

O‘zA o‘quvchilarni jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida  boxabar etishda davom etadi.

A drone view of the scene of a fatal Iranian strike, after Iran launched missile barrages following attacks by the U.S. and Israel on Saturday, in Beit Shemesh

Beyt-Shemesh, Isroil: Eron zarbasidan keyin dron orqali olingan tasvir.

German public transport workers participate in strike for higher wages and better working conditions

Bonn, Germaniya: “Verdi” kasaba uyushmasi tomonidan ish haqi oshirilishi talabi bilan e’lon qilingan umummilliy ish tashlash chog‘i tramvaylar maxsus turargohda to‘xtagan.

Fishermen ride a boat through foam

Nyu-Dehli, Hindiston. Ifloslangan Yamuna daryosida baliqchilar ko‘pik uzra qayiqda suzib ketyapti.

Protest against ICE and immigration enforcement actions, in St. Paul

Sent-Pol, Minnesota. Namoyishchilar shtat Kapitoliy binosi ichida “Unidos MN” tomonidan tashkil etilgan ICE hamda immigratsiya qonuni kuchga kirishiga qarshi norozilik aksiyasi chog‘i ICE hibsxonasida saqlanayotgan bolalar suratini ko‘tarib turishibdi.

A satellite image of an industrial area covered in smoke in Dubai

Dubay, BAA. Tutun bilan qoplangan sanoat hududi: sun’iy yo‘ldosh orqali olingan surat.

Prada Fall/Winter 2026/2027 collection during Fashion Week in Milan

Milan, Italiya. “Meta Platforms” bosh direktori Mark Sukerberg rafiqasi Prissilla Chan bilan Milanda o‘tayotgan moda haftaligi doirasida 2026-2027-yil kuz-qish mavsumi uchun “Prada” kolleksiyasi namoyishiga tashrif buyurdi.

"Lathmar Holi" celebrations in Nandgaon village

Nandgaon, Hindiston: Hind diniga e’tiqod qiluvchi ziyoratchi Uttar-Pradesh shtatidagi ibodatxonada o‘tkazilayotgan Xoli bayramida.

Ukrainian servicemen attend a military exercise between combat missions in Kharkiv region

Xarkov, Ukraina: Qurolli kuchlar 28-brigadasi askarlari jangovar topshiriq oldidan olovda isinishyapti.

Muslims gather for a protest rally in Quetta

Kvetta, Pokiston: Shanba kuni Isroil va AQSH zarbasi natijasida Eronning marhum Oliy rahbari Oyatulloh Ali Humonaiy o‘ldirilgach, musulmonlar shiorlar ko‘tarib norozilik mitingiga yig‘ildi.

Kapikoy Border Gate, between Turkey and Iran, in Van province

Van, Turkiya. Mamlakat sharqidagi Van viloyati Kapikoy chegarasida Erondan kelayotganlar to‘planmoqda.

Protest outside the U.S. Consulate General, following news of U.S. and Israeli strikes on Iran that killed supreme leader Ayatollah Ali Khamenei, in Karachi

Karachi, Pokiston. AQSH va Isroilning Eronga zarbasidan xabar topgan olomon AQSH Bosh konsulligi yaqinidagi politsiya nazorat manziliga o‘t qo‘ydi. Politsiyachi yong‘indan so‘ng butun buyumlarni teryapti.

Fardona Yaxshiboyeva, O‘zA