Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo suratlarda
21:01 / 2026-02-17

O‘zA jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan o‘quvchilarni suratlar yordamida boxabar etishda davom etadi.

U.S. Secretary of State Rubio visits Hungary

Vengriya: AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Budapesht aeroportiga yetib keldi.

Pena de Pavao de Krishna carnival parade in Belo Horizonte

Belu-Gorizonte, Braziliya. Aholi Karnaval bayrami doirasida o‘tkaziladigan yillik “Pena de Pavao de Krishna” blok-partida ishtirok etmoqda.

Protest against pressure to conscript the ultra-Orthodox Jewish community into Israel's military, in Bnei Brak

Isroil: Bney-Brak shahrida ultra-ortodoks yahudiylar jamoasi Isroil armiyasiga jalb qilinmoqda. Ular bosimga qarshi o‘tkazilayotgan namoyishda politsiya tomonidan tashlangan shok-granataga qarshilik ko‘rsatmoqda.

U.S. forces board the vessel Veronica III

AQSH: Amerika Qo‘shma Shtatlari Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Prezident Donald Tramp joriy etgan karantin chorasiga qarshilik ko‘rsatishga uringan “Veronica-III” kemasiga maxsus kuchlar joylashtirildi.

Large expanding sinkhole in the farmland in Pondok Balik village, Central Aceh Regency

Markaziy Achi, Indoneziya: Drondan olingan suratda Achi viloyati Pondok Balik qishlog‘idagi ekin maydonida hosil bo‘lgan va juda tez kengayib borayotgan chuqur aks etgan.

Passengers sit on a motorcycle in the traffic during the evening in Dhaka

Dakka, Bagladesh: Poytaxtda kechqurungi tirbandlikda yo‘lovchilar, jumladan ikki bola mototsiklda o‘tirgan holat.

Australian families believed to be linked to the Islamic State militants leave Roj camp near Derik

Suriya: “Islom davlati” jangarilariga aloqadorligi taxmin qilingan avstraliyalik oila a’zolari Derik shahri yaqinidagi qo‘nalg‘ani tark etyapti.

Aftermath of heavy rains in Puketotara, Waikato region

Puketotara, Yangi Zelandiya: Haydovchi Vaykato viloyatida kuzatilgan kuchli yomg‘ir va shamol tufayli suvga қулаган mashinasidan buyumlarini olib chiqyapti.

North Korean leader Kim Jong Un presides over the completion ceremony of a new housing district in Pyongyang for families of troops who died in overseas military operations

Pxenyan, Shimoliy Koreya: Mamlakat yetakchisi Kim Chen In va uning qizi Kim Ju Ai harbiy amaliyotda halok bo‘lgan askarlar oilalari uchun qurilgan yangi turar-joy mavzesi ochilishi marosimida ishtirok etmoqda.

Worshippers gather at Donglong Temple on Lunar New Year’s Eve, in Donggang

Donggan, Tayvan: Pingtun muzofotida Oy Yangi yili arafasi. Ot yilini kutib olish marosimida odamlar ramziy holatda ko‘rinib turibdi. Bunday uslub tadbirning jonli, bayramona muhitini aks ettirgan.

Fardona Yaxshiboyeva tayyorladi. O‘zA