Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo suratlarda
18:36 / 2025-07-14

O‘zA o‘quvchilarni jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etishda davom etadi.

Hindiston. Qutqaruvchilar Mujpur shahrida ko‘prik qulashi oqibatida omon qolganlarni izlamoqda. Xabarlarda aytilishicha, baxtsiz voqeada bir necha avtomobil suvga cho‘kib ketgan va kamida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan.

Ispaniyalik matador (buqa jangchisi) Migel Per’era Pamplona shahrida bo‘lib o‘tgan San-Fermin festivalida chiqish qilmoqda.

AQSH. Montana shtati Glacyer milliy bog‘idagi avtoturargoh yaqinida tog‘ echkilarini uchratish mumkin.

Isroilning G‘azo sektoriga havo hujumidan so‘ng falastinliklar o‘z uyi atrofida o‘tirishibdi.

Xitoy. Atlet Shanxaydagi sport maydonchasi yaqinida simli ko‘prikdan o‘tmoqda.

Qo‘shma Shtatlarning Ruidoso shahrida sodir bo‘lgan halokatli toshqindan keyingi holat.

Fransiya. Gravelines yaqinida qirg‘oq bo‘ylab suzib ketayotgan qochoq migrantlar.

Pokistonning Lahor shahrida yigit yomg‘irdan keyin suv bosgan ko‘chada mototsiklda ketmoqda.

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio, Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takeshi Ivaya va Filippin tashqi ishlar vaziri Tereza Lazaro Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) tashqi ishlar vazirlarining 58-yig‘inida uchrashuv o‘tkazdi.

Ukraina. Kiyevliklar havo hujumi haqida ogohlantirish olganidan so‘ng yerosti metro bekatida boshpana topishmoqda.

O‘t o‘chiruvchi Qohiradagi telekommunikatsiya binosida chiqqan yong‘inni bartaraf etishga harakat qilmoqda. 

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Vindzor qasriga yetib kelgan payt.

Gretsiya. Afinadagi Akropol tarixiy majmuasining yuqoridan ko‘rinishi.

Tadqiqotchi Rebun Kayo Yaponiyaning Ninosima orolida 1945 yildadafn etilgan atom bombasi qurbonlari qoldiqlarini izlamoqda.

Isroillik erkak Tel-Aviv shahrida Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning devorga chizilgan surati yonidan o‘tmoqda.

Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahridagi Sux-Bator maydonida mahalliy aholi vakillari Yaponiya imperatori Naruxitoni kutib olish marosimiga hozirlik ko‘rmoqda.

Keniya. Nayrobi shahridagi Kangemi hududida yuziga niqob taqqan shaxs aksilhukumat namoyishida ishtirok etmoqda. 

Germaniyadagi Daysburg hayvonot bog‘ida dugon (dengiz sigiri) barglar bilan oziqlanmoqda.

Tibetning Jiangzi Zongshan qal’asi uzra kamalakning ko‘rinishi.

Namoyishchilar San-Pauluda AQSH yetakchisi Donald Tramp Braziliya mahsulotlariga 50 foizlik bojlar joriy etganidan so‘ng norozilik mitingi uyushtirmoqda.

Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan sammit chog‘ida “Hanson robotics” kompaniyasi vakillari odamsimon robot – “Jyul”ning bosh miya tuzilishini ishtirokchilarga ko‘rsatmoqda.

Argentina. Buenos-Ayresdagi osmono‘par binolarning yuqoridan ko‘rinishi.

Belgiyaning Bokrijk ko‘li bo‘ylab ketayotgan vilosipedchi.

Fransiya janubidagi Marsel shahrida o‘rmon yong‘inidan so‘ng it vayron bo‘lgan mashina yonidan yugurib ketmoqda.

Sayyoh Yaponiyaning Tottori shahridagi muzeyda “Kamakura: samuraylar hukmronligining yuksalishi” nomli qum san’ati namunasini tomosha qilmoqda.

O‘tkir Mirzo tayyorladi.

O‘zA