Poytaxtimizdagi “Humo Arena” sport majmuasida stol tennisi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi “WTT Youth Contender Tashkent – 2025” xalqaro musobaqasining ikkinchi kungi bellashuvlari boshlandi.
Unda U15 yosh toifasidagi aralash juftlik bahslarida Husan Iskandarov va Dilhumor Kamolova tandemi qozog‘istonlik Kaysar Asilbek va Xadicha Aljonovani 3-2 hisobida taslim etgan bo‘lsa, yana bir tennischimiz Hadichabegim Bahodirova BAA vakili Nasser Almarri bilan birgalikda qozog‘istonlik Bakdaulet Nurjon hamda Shohina Mirqodirovani 3-0 hisobida yengdi.


U17 yosh toifasidagi yakkalik bahslarida 1/16 bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu bosqichda ikki hamyurtimiz Shahzodbek G‘ulomiddinov va Temurbek Nurmonov raqobatlashdi. Ushbu uchrashuvda Tumurbek 3-1 hisobida zafar quchdi. Diyorbek Dilshodov esa ozarbayjonlik Adil Ahmadzadaga qarshi o‘ynab 3-0 hisobida g‘olib bo‘ldi.


Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Adelina Hasanova qozog‘istonlik Noila Xaniyozovani 3-0, Arujan Kamolova qozog‘istonlik Akniyet Amangeldini 3-0, Asel Erkenboyeva neytral stol tennischi Varvara Zaitovani xuddi shunday hisobda mag‘lub etdi.
Bahslar davom etmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
Almurod Mamadaminov (suratlar), O‘zA