Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo siyosiy lug‘atida “Markaziy Osiyo ruhi” atamasi paydo bo‘ldi
23:01 / 2023-07-29

Toshkentda o‘tgan “Markaziy Osiyo: o‘zgarishlar davrida barqaror rivojlanish” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etgan Markaziy Osiyo xalqaro instituti yetakchi ilmiy xodimi Shavkat Alimbekov mintaqada ro‘y berayotgan o‘zgarishlar xususida fikr bildirdi.

– Prezident Shavkat Mirziyoyevning yangi tashqi siyosiy yo‘nalishi tufayli bugun Markaziy Osiyo mamlakatlarida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuv muhiti shakllandi. Ishonch bilan aytish mumkinki, mintaqa muvaffaqiyatli rivojlana boshladi.

Besh davlat hamkorlikning yangi bosqichiga o‘tdi, mintaqaning xalqaro maydondagi o‘rni mustahkamlanyapti. Markaziy Osiyo mamlakatlari bir ovozda gapirmoqda. Qayd etish vaqti keldi: dunyo siyosiy lug‘atida “Markaziy Osiyo ruhi” atamasi paydo bo‘ldi.

Bu borada O‘zbekiston rahbari ilgari surgan tashabbus – Markaziy Osiyo davlat rahbarlari maslahat uchrashuvi muhim mexanizmga aylandi. Ko‘p yillardan buyon mintaqa rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalar birin-ketin hal etilmoqda.

Chegaralar ochilib, savdo-sotiq tez suratda o‘smoqda. Transport va tranzit salohiyatini rivojlantirish qo‘llab-quvvatlanyapti, yangi qo‘shma korxonalar tashkil etilib, ish o‘rinlari yaratilmokda. Ayni jarayon mintaqadagi barcha mamlakatlar milliy manfaatiga to‘liq mos keladi.

Sarmoyaviy hamkorlik faollashgan. Energetika, transport, qishloq xo‘jaligi kabi iqtisodiyotning turli muhim tarmoqlarida istiqbolli loyihalar yo‘lga qo‘yilgan.

Ijobiy o‘sish sur’atiga qaramay, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ham ba’zi qiyinchiliklar mavjud – iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat va energiya xavfsizligi, texnologik rivojlanishdagi to‘siqlar. Bunday sharoitda faqat hamkorlikni mustahkamlash orqaligina mintaqamizni barqaror rivojlantira olamiz.

O‘zA muxbiri Behruz Xudoyberdiyev yozib oldi.