English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Dunyo sadolari” yuqori saviyada o‘tmoqda
17:35 / 2023-07-19

Andijonning eng xushmanzara go‘shasi Xonobod shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada san’ati festivalini chiroyli va tartibli o‘tishini ta’minlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Xususan, ovqatlanish shoxobchalari, salqin ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar 24 soat aholi xizmatida. Bundan tashqari, ichki ishlar, tibbiyot xodimlari, obodonlashtirish tizimi ishchilari ham festivalni ko‘ngildagidek o‘tishiga munosib hissa qo‘shmoqda.  

Biz ana shu soha vakillarining bir guruhi bilan suhbatda bo‘ldik.  

Abrorbek Akbarov, Andijon shahar tibbiyot birlashmasi shifokori:  

– Shifokor va hamshiralardan iborat tibbiyot xodimlari, bir nechta tez tibbiy yordam mashinalari festival tashkilotchilari, tashrif buyurgan mehmonlar va yurtdoshlarimizning salomatligini nazorat qilish uchun Xonobod shahriga safarbar etilgan. Yurtdoshlarimizning salomatligi yuzasidan murojaat qilganlarga birinchi yordam ko‘rsatilib, zarur dori-darmonlar berilmoqda. Festival davomida bizning yo‘nalishda ko‘ngilsiz holatlar sodir bo‘lgani yo‘q. Umuman, tibbiyot xodimlari asosiy e’tiborini festivalning chiroyli o‘tishiga qaratmoqda.  

Fayzullo Komiljonov, Andijon viloyati IIB Jamoat xavfsizligi va tartibini saqlash boshqarmasi Post-patrul xizmati xodimi, katta serjant:  

– Mehmonlar xavfsizligi va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha ham zarur choralar belgilangan. Festivalga nafaqat Andijon viloyatidan, balki qo‘shni Farg‘ona, Namangan hamda respublikamizning boshqa viloyatlaridan ham mexmonlar tashrif buyurmoqda. Xodimlarimiz xushmuomalalik bilan aholiga xizmat ko‘rsatib, zimmalariga yuklangan vazifani bekamu ko‘st ado etmoqda.  

[gallery-12830]

Muzaffar G‘iyosiddinov, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Oltinko‘l tumani korxonasi muhandisi:  

– Festival juda chiroyli o‘tmoqda. Konsert dasturlarini tomosha qilayotgan yurtdoshlarimizning ko‘ngillari tog‘day ko‘tarilmoqda. Sahnalar, yo‘lakcha va ko‘chalar to‘la yoritilgan, elektr energiyasi ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘yilgani yo‘q.  

Festival yakuniga qadar elektr energiyasi ta’minoti borasidagi ishlar qat’iy nazoratimiz ostida bo‘ladi.  

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (foto), O‘zA