Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo polvonlari Termizda jam bo‘ladi
14:34 / 2019-10-04

Termiz shahridagi “Alpomish“ stadionida joriy yilning 5-6 oktabr kunlari kurash bo‘yicha Prezidentimiz sovrini uchun al-Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XIV xalqaro turniri o‘tkaziladi.


Termiz shahridagi “Alpomish“ stadionida joriy yilning 5-6 oktabr kunlari kurash bo‘yicha Prezidentimiz sovrini uchun al-Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XIV xalqaro turniri o‘tkaziladi.

Har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan an’anaviy sport bayramiga Surxondaryo viloyatida alohida tayyorgarlik ko‘rildi. Mehmonlarni kutib olish, joylashtirish, transport va boshqa xizmatlar ko‘rsatish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Viloyat markazida yirik hajmdagi obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, xalqaro sport shodiyonalari aks ettirilgan panno va bannerlar bilan bezatildi. Kurash musobaqalari bo‘lib o‘tadigan stadion ham sport bayramiga xos jihozlanib, yangi kurash gilamlari o‘rnatildi. Muxlislar uchun zarur qulayliklar yaratildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yilgi bellashuvga dunyoning 47 davlatidan ikki yuzdan ortiq polvon va mehmonlar kelishi kutilmoqda. Turnir musobaqalari yoshlar o‘rtasida o‘nta vazn, kattalar o‘rtasida mutlaq vazn toifasida o‘tkaziladi. G‘oliblarga yuz ming dollar miqdoridagi pul sovrini qo‘yilgan.

Nufuzli musobaqa mehmonlari Hakim at-Termiziy majmuasini ziyorat qiladi. Termiz arxeologiya muzeyi va boshqa diqqatga sazovor joylar bilan yaqindan tanishadi.