Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo polvonlari Norinda bellashdi
15:33 / 2022-08-19

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyatining Norin tumani markazida Xalqlar do‘stligi Gran-pri xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston belbog‘li, bel olish va uchkurash assotsiatsiyasi hamda Namangan viloyati hokimligi tomonidan ilk bor o‘tkazilgan ushbu nufuzli turnirda Yevropa va Osiyo qit’alarining 20 ga yaqin davlatlaridan nomdor polvonlar ishtirok etdi.

[gallery-8404]

Xalqaro turnirning dastlabki oltin medallarini o‘z vazn toifasida qirg‘izistonlik Mirlan ulu Baxtiyor, Bayaman Miktabekov, qozog‘istonlik nomdor polvon Yernar Bayjigit qo‘lga kiritdi. Terma jamoamiz a’zosi Husan Abdihakimov ham kurash yo‘nalishida o‘z raqiblariga imkoniyat qoldirmay, oltin medal sohibiga aylandi. Yana bir kurashchimiz Durdona Ma’murjonova 84 kilogramm vazn toifasida terma jamoamiz hisobiga ikkinchi oltin medalni taqdim etdi.

Turnir yakunida tuman hokimi Jo‘rabek Nurmatov xalqaro musobaqa tashabbuskorlari, sportchi hamda murabbiylarning samarali mehnatini e’tirof etib, polvonlarga kelgusi faoliyatida omad tiladi.

G‘oliblar tuman hokimining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ahamiyatlisi, mazkur Xalqlar do‘stligi Gran-pri xalqaro turniri har yili yurtimizda an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bunday nufuzli xalqaro turnirning o‘tkazilishi mamlakatimizda sport turizmini ham  rivojlantirishga xizmat qiladi.



O‘zA fotomuxbiri
Hotam MAMADALIEV olgan suratlar