French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo olimlari seysmik xavfsizlik va zilzilabardosh qurilish bo‘yicha fikr almashdi
11:42 / 2025-10-10

Toshkent davlat transport universitetida “Seysmik xavfsizlik, binolar va inshootlarning zilzilabardoshligi: muhandislik, transport va qurilishda ilg‘or texnologiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya jamg‘armasi hamda Toshkent davlat transport universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston, AQSH, Xitoy, Germaniya, Italiya, Kanada, Turkiya, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston, Kuvayt va Malayziyadan yetuk olimlar, xalqaro universitetlar rektorlari, ilmiy markazlar va sanoat kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyada seysmik xavfsizlik, binolar va inshootlarning zilzilabardoshligi, muhandislik, transport va qurilishda ilg‘or texnologiyalar borasida fikr almashildi.

Hozirgi zamon globallashuvi sharoitida O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi nafaqat innovatsion taraqqiyotga, balki mintaqalar infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga ham yo‘naltirilgani bilan tavsiflanadi. Bu borada O‘zbekistonni jahon iqtisodiy jarayonlariga to‘laroq integratsiyalash, xalqaro savdo-iqtisodiy, turistik va madaniy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashish zarur. 

Ushbu xalqaro kanferensiya transport infratuzilmasining strategik boshqaruv mexanizmini takomillashtirish jihatlari ilmiy natijalarini muhokama qilish, xalqaro tajriba almashish va yangi texnologiyalarni jahon miqyosidagi seysmik xavfsizlik hamda inshootlar barqarorligiga tadqiq etishga qaratilgan.

Konferensiya 6 ta asosiy yo‘nalishni qamrab olgan. Unda seysmologiya va zilzila muhandisligi, yo‘l hamda qurilish infratuzilmasi, transport tizimlari kabi yo‘nalishlarda mutaxassislar zamonaviy ilmiy natijalar, innovatsion metodlar va amaliy yechimlar bo‘yicha fikr almashdi.

Konferensiyaning plenar sessiyalarida transport infratuzilmasini seysmik himoya qilish usullari, Xitoydagi tunnel qurilishi texnologiyalari va innovatsion yondashuvlari, ko‘prik inshootlarini lazerli skanerlash orqali monitoring qilish mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

Ushbu xalqaro konferensiya seysmologiya, muhandislik va transport infratuzilmasi sohalaridagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, yangi texnologiyalarni joriy etish va O‘zbekistonni mintaqadagi ilg‘or ilmiy markazlardan biri sifatida tanitishga xizmat qiladi.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA