Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo olimlari Dushanbeda to‘planishmoqda
11:10 / 2022-10-20

21-22 oktyabr kuni Dushanbe shahrida “Fizikaning zamonaviy muammolari”, deb nomlangan VIII Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Tojikiston fanlar akademiyasining S.Umarov nomidagi Fizika-texnika institutidan ma’lum qilinishicha, tadbir ham oflayn, ham onlayn tartibda tashkil etiladi, deb yozmoqda “Xovar” axborot agentligi.

Mazkur ilmiy tadbir 2008 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Konferensiyada fizika-texnika yo‘nalishida izlanish olib borayotgan olimlar o‘zlarining eng so‘nggi tadqiqot natijalarini taqdim etadi.  

Tadbirda ilmiy bahs-munozaralar bir necha seksiyalarda bo‘lib o‘tadi. «Iqlim o‘zgarishi va suv muammolari», «Muhitlar, nanotexnologiyalar va yangi materiallar», «Qayta tiklanadigan va noan’anaviy energetika» va boshqa dolzarb mavzular olimlar bahs-munozaralarining markazida bo‘lishi kutilmoqda.