Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo iqlimi o‘zgarmoqda, bu esa inson sog‘ligiga xavfni oshiradi
11:18 / 2019-12-25

Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha prognozlar Yevropada o‘rtacha yillik haroratning 2100 yilga kelib 2 dan 5 ° Cgacha ko‘tarilishini taxmin qilmoqda.


Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha prognozlar Yevropada o‘rtacha yillik haroratning 2100 yilga kelib 2 dan 5 ° Cgacha ko‘tarilishini taxmin qilmoqda. 

Sharqiy va Shimoliy Yevropada qishda, yozda Yevropaning janubida eng katta isish kutilmoqda. 

Issiqlik to‘lqinlari keksa odamlar va nafas olish va yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan insonlar uchun alohida xavf tug‘diradi. 

2003 yildagi shiddatli issiqlik to‘lqini paytida Yevropaning 12 mamlakatida 70 000 dan oshiq o‘lim holatlari qayd etilgan. Issiqlik to‘lqinlari paytida havo sifati ko‘pincha yomonlashadi va shu bilan sog‘lik muammolarini yanada kuchaytiradi.

Keksa odamlar, ayniqsa, iqlim o‘zgarishi sog‘likka ta’sirida juda zaifdir. Yevropada 65 va undan katta yoshdagi aholining ulushi 1960 yildagi 10% dan 2010 yilda 16% ga oshdi va 2060 yilga kelib 30% gacha o‘sishi kutilmoqda. 

Shu bilan birga, shaharlarda yashovchi yevropaliklarning soni ham ortib bormoqda. Bugungi kunda Yevropa Ittifoqi aholisining qariyb 75 foizi shaharlarda istiqomat qiladi va 2020 yilda bu ko‘rsatkich 80 foizga etishi kutilmoqda. 

Bu qarib borayotgan va urbanizatsiyalashayotgan jamiyat sharoitida shaharlarda o‘rmonlar va yashil joylarning ko‘payishi, iqlim o‘zgarishi, odamlarni sog‘likka ta’siridan, himoya qilishi mumkin.