Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo gimnastikachilari bahslarni boshladi
16:51 / 2019-04-19

Poytaxtimizdagi Gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabida badiiy gimnastika boʻyicha nufuzli jahon kubogining dastlabki bahslari boshlandi.


Poytaxtimizdagi Gimnastika boʻyicha bolalar-oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabida badiiy gimnastika boʻyicha nufuzli jahon kubogining dastlabki bahslari boshlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston va Xalqaro gimnastika federatsiyasi tomonidan oʻtkazilayotgan mazkur musobaqada 23 davlatdan 73 nafar gimnastikachi yakkalik va guruh bahslarida oʻzaro raqobatlashmoqda.

Bugun musobaqada gimnastikachilar koʻpkurash boʻyicha yakkalik bahslarining saralash bosqichida oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazadi. Unda Sabina Toshkenboyeva koptokda va bulavada mashq bajarish boʻyicha kuch sinashsa, yana bir vakilimiz Yekaterina Fetisova koptok va lentada mashq bajaradi.

Shuningdek, bugun guruh bahslarining koptokda mashq bajarish boʻyicha saralash bosqichida terma jamoamiz ishtirok etadi.

Eslatib oʻtamiz, jahon kubogining tantanali ochilish marosimi bugun soat 19:30 boshlanadi.