French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo dzyudochilarining e’tibori Toshkentga qaratilmoqda
15:26 / 2026-02-18

So‘nggi yillarda mamlakatimizda olimpiya sport turlari rivojiga alohida e’tibor qaratilishi natijasida yutuqlar salmog‘i ortdi, xalqaro sport jamoatchiligining e’tibori bot-bot O‘zbekistonga qaratilmoqda.

Joriy yilning 27-fevral-1-mart kunlari poytaxtimiz Toshkentda dzyudo bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan “OTP Group Tashkent Grand Slam 2026” musobaqalari mazkur yo‘nalishdagi sa’yi-harakatlarni yangi bosqichga olib chiqish bilan birga jahon dzyudochilari uchun "Los-Anjeles-2028" Olimpiya o‘yinlari yo‘lida muhim reyting ochkolarni jamg‘arish imkoniyatini taqdim etadi.

Kuni kecha Xalqaro dzyudo federatsiyasi poytaxtimizda o‘tadigan ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etadigan davlatlar va jamoalar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unda keltirilishicha, dunyo dzyudosining muxlisu mutaxassislari e’tibor markazida bo‘ladigan Toshkent tatamisidagi murosasiz bellashuvlarda 41 mamlakatning 390 nafar mahoratli sportchilari ishtirok etish talabnomasini taqdim etgan.

Musobaqalarda 222 nafar erkak va 168 nafar xotin-qiz dzyudochilar uch kunlik bahslarda sovrinli o‘rinlarga va reyting ochkolariga da’vogarlik qiladi. Bellashuvlar 7 ta erkaklar, 7 ta ayollar vazn toifalarida bo‘lib o‘tadi.

Xo‘sh, chempionatda eng ko‘p ishtirokchi milliy terma jamoalar qaysi davlat vakillari bo‘ladi?

Taqdim etilgan talabnomalarga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 56 nafar dzyudochi bilan Toshkent bahslarida ishtirok etsa, xorijiy mamlakatlardan Xitoy(26), Rossiya Federatsiyasi(22), Yaponiya(22), Ozarbayjon(20), Italiya(18), Tojikiston(17), Braziliya (16), Hindiston(16), Isroil(16) kabi davlatlar eng katta tarkib bilan “OTP Group Tashkent Grand Slam 2026” bahslarida qatnashish istagini bildirgan.

Shuningdek, poytaxtimizda o‘tadigan xalqaro musobaqada Irlandiya, Kipr, Chexiya, Paragvay, Serbiya, Shvetsiya kabi milliy terma jamoadan 1 nafardan dzyudochi bilan ishtirok etish istagini bildirgan.

T.Ro‘ziyev, O‘zA