Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo chavandozlari Toshkent viloyatida jam bo‘ldi
22:35 / 2021-04-22

Toshkent viloyatidagi "Universal Jamping Agro" ot sporti klubida ot sportining to‘siqlardan sakrash turi bo‘yicha jahon kubogi Markaziy Osiyo capalash ligasining birinchi boskichi hamda Millatlar kubogi musobakasi boshlandi.

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada vakillarimizdan tashqari Armaniston, Belarus, BAA, Germaniya, Gollandiya, Italiya, Polsha, Pokiston, Qirg‘iziston, Rossiya va Ukrainadan kelgan chavandozlar ishtirok etmoqda.

Bugun "Universal Jamping Agro" ot sporti klubida mazkur musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoobdurahmonov so‘zga chiqib, mamlakatimizda ot sporti va yilqichilikni yanada rivojlantirish, ushbu sport turi bo‘yicha ham mahoratli sportchilarni tayyorlash borasida samarali ishlar olib borilayotgani, buning natijasida yuksak iqtidorli chavandozlar kamol topib, nufuzli musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotganini ta’kidladi. Musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.

Eslatib o‘tamiz, ot sportining to‘siqlardan sakrash turi bo‘yicha jahon kubogi Markaziy Osiyo capalash ligasining birinchi bosqichi hamda Millatlar kubogi musobakasi 25 aprelga qadar davom etadi.

Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA