Dunyo chavandozlari poytaxtimizda jam bo‘ldi
Poytaxtimizda joylashgan "Universal Horses Stable" majmuasida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi, Jahon kubogi saralash bosqichlari, Osiyo kubogi hamda ot yo‘rttirish bo‘yicha “CDI-1 FIE Dressage World Challenge” turnirlari o‘tkazilmoqda.
Chavandozlar dastlab CSI1*-W Jahon kubogi 1-bosqichi saralash musobaqalarida ishtirok etdi. Unda “FEI Competition” yo‘nalishining 120 sm. balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratishda A’zam Tolibboyev “Irving Des Dames” laqabli tulporida g‘olib bo‘ldi. Gran-pri saralashi va “Kubok Maxima Masters Eurasia” (140 sm.) bahslarida Begzod Qurbonov “Matts V. G.” nomli otida eng yaxshi natija qayd etdi.


Osiyo kubogining 110 sm. balandlikda ot sakratish bo‘yicha o‘tgan bellashuvlarida suriyalik Javad Nizam “Orange White Vdl” ismli otida g‘olib bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA