Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 900 million dozaga yaqinlashdi
12:38 / 2021-04-26

Sog‘liqni saqlash vazirligining Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga asosan bergan ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 146 million 54 mingdan ortiqni tashkil etmoqda. Shundan 3 million 092 mingdan ziyod kishi vafot etgan (25.04.2021 yil Yevropa vaqti bilan soat 18:00 holatiga ko‘ra).

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 830 806 yangi holati aniqlandi, 12 940 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (26.04.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 11:20 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 147 million 195 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 109 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha:

AQSH birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 31,656 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.

Ikkinchi o‘rinda Hindiston (16,960 milliondan ortiq),

uchinchi o‘rinda Braziliya (14,237 milliondan ortiq),

to‘rtinchi o‘rinda Fransiya (5,390 milliondan ortiq),

beshinchi o‘rinda esa Rossiya (4,762 milliondan ortiq).

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka davomida AQSHda 63 216, Hindistonda 349 691, Braziliyada 69 105, Fransiyada 32 500, Rossiyada esa 8 780 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 899 million 936 mingdan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan.