Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo boʻyicha qancha odam koronavirusdan sogʻaygani maʼlum qilindi
11:04 / 2020-06-23

Jons Xopkins universiteti olimlarining maʼlum qilishicha, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinib keyin tuzalib ketganlar soni 4,5 million kishidan oshdi.


Jons Xopkins universiteti olimlarining maʼlum qilishicha, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinib keyin tuzalib ketganlar soni 4,5 million kishidan oshdi.

Universitetdan tarqatilgan xabarga koʻra, bugun ertalabgacha jami 4 million 510 ming 707 kishi kasalxonadan tuzalib chiqqan.

Sogʻayganlarning eng koʻpi AQSHga toʻgʻri kelmoqda — 640 ming 198 kishi. Undan keyin Braziliya bormoqda — 601 ming 736 kishi.

Pandemiya dunyo boʻyicha jami 471 ming 591 kishining yostigʻini quritdi. Umuman, sayyoramizda infeksiya yuqtirganlar soni 9 million 73 ming 386 kishini tashkil etmoqda.