Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar sakkiz milliondan oshdi
12:01 / 2020-06-18

Koronavirus infeksiyasini yuqtirish bilan bogʻliq holatlar dunyo boʻyicha 8 million kishidan oshdi, 440 mingdan ziyod kishi pandemiya qurboni boʻldi.


Koronavirus infeksiyasini yuqtirish bilan bogʻliq holatlar dunyo boʻyicha 8 million kishidan oshdi, 440 mingdan ziyod kishi pandemiya qurboni boʻldi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tarqatgan soʻnggi maʼlumotlarda ushbu raqamlar keltirildi.

Tashkilot maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha infeksiyaga chalinganlar soni jami 8 million 61 ming 550 kishini tashkil etmoqda. Koronavirus 440 ming 290 kishining yostigʻini quritdi.

Oʻtgan kunning oʻzida infeksiya yuqtirish bilan bogʻliq 119 ming 759 ta yangi holat aniqlangan, 5 ming 494 kishi vafot etdi.