Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar 20 milliondan oshdi
12:45 / 2020-08-10

733 kishi kasallikdan vafot etgan, 12 million 897 ming 813 kishi tuzalib chiqqan.


Worldometers portalining xabar berishicha, dushanba kuni ertalab sayyoramizda 20 million 23 ming 16 kishi koronavirusga chalingan. 733 kishi kasallikdan vafot etgan, 12 million 897 ming 813 kishi tuzalib chiqqan.

Biroq Jon Xopkins universiteti infeksiya yuqtirganlar soni endi 20 millionga yaqinlashayotganini maʼlum qildi. Aniqrogʻi, 19 million 778 ming 566 kishi COVID-19 ga chalingan.

Koronavirus eng koʻp tarqalgan mamlakatlar uchligidan AQSH (5 million 44 ming 435 kishi), Braziliya (3 million 35 ming 422 kishi) va Hindiston (2 million 153 ming 10 kishi) joy olgan.

Kasallik eng koʻp qayd etilgan mamlakatlar beshligiga Rossiya (885 ming 718 kishi) va Janubiy Afrika Respublikasi (559 ming 859 kishi) kirgan.