“Dunyoga nazar” tahliliy dasturi
So‘nggi yillarda O‘zbekiston tashqi siyosatida izchillik, ochiqlik va pragmatizm asosidagi yondashuv samarali natijalar bermoqda. Mamlakatimiz mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, global muammolarga xalqaro maydonda yechim taklif qilish va jahon siyosiy jarayonlarida faol ishtirok etish orqali o‘z nufuzini mustahkamlab bormoqda.
Ayniqsa, BMT minbaridan turib ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslar, jumladan Xavfsizlik Kengashini isloh qilish, iqlim migratsiyasi, suv resurslarini samarali boshqarish, Afg‘oniston, G‘azo va Ukrainadagi vaziyatga diplomatik yondashuv hamda yoshlarni dunyoviy jarayonlarga jalb etish kabi chaqiriqlarga xalqaro hamjamiyat jiddiy e’tibor bilan qaramoqda.
- O‘zbekistonning BMT Xavfsizlik Kengashini transformatsiya qilish va tuzilma tarkibini kengaytirish tashabbusi qanchalik ahamiyatli?
- Markaziy Osiyoning yangi geosiyosiy sub’ekt sifatida namoyon bo‘lishi xalqaro munosabatlarda qanday o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin?
- O‘zbekistonning iqlim migratsiyasi va suv taqchilligi borasidagi tashabbuslari xalqaro miqyosda qanday natija bermoqda?
- Prezidentimizning mintaqada Afg‘oniston yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik borasidagifikrlari nimani anglatadi?
- Davlatimiz rahbarining “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”ni ta’sis etish va tuzilma qarorgohini O‘zbekistonda joylashtirish taklifi qanday xalqaro ta’sir kuchiga ega?
- Ozarbayjonning Gabala shahrida o‘tayotgan TDT navbatdagi sammiti doirasida qaysi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishilishi kutilyapti?
O‘zA ushbu muhim jarayonlarga xolis baho berish, mutaxassis va tahlilchilar fikrini jamoatchilikka yetkazish maqsadida ekspertlarni suhbatga chorladi.
Suhbatni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/Lr9cntZydxQ?si=jCHQTDyghPwUY0hT" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>O‘tkir ALIMOV,
Ulug‘bek TO‘XTAEV (videomuhandis),
O‘zA