Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo aholisi orasida keng tarqalgan xastalik – tirnoqda paydo bo‘lgan oq dog‘lar...
17:31 / 2020-11-27

Tirnoqda paydo bo‘lgan oq dog‘lar tibbiyotda leykonixiya deb atalib, dunyo aholisi orasida keng tarqalgan xastaliklardan biri hisoblanadi.

Tirnoqlarda oq dog‘larning paydo bo‘lishiga turli omillar sabab bo‘ladi.

jarohat natijasida kelib chiqqan leykonixiyani tanib olish oson. Bunda odatda tirnoqlar yuzasida bir yoki bir nechta yumaloq oq dog‘lar paydo bo‘ladi.

Sulfonamid guruhiga kiruvchi dori vositalari, bakterial infeksiyalarni davolashda qo‘llaniladigan kimyoviy dorilarini qabul qilish, saratonning har xil turlarini davolashda qo‘llaniladigan kimyoviy davolash muolajalaridan foydalanish, surunkali kasalliklar, xususan, temir tanqisligi anemiyasi, buyrak kasalligi, yurak yetishmovchiligi, jigar kasalliklari (xususan, sirroz), gipertireoz – qalqonsimon bezning haddan tashqari faolligi, oshqozon-ichak traktida oqsillarni hazm qilish bilan bog‘liq muammolar, teri kasalliklari, tirnoqlarni tishlash yoki tasodifiy zarbalar, tez-tez va juda kuchli qilinadigan manikyur, qattiq poyabzal kiyish sabab tirnoqda oq dog‘lar paydo bo‘ladi.

Xastalikdan xalos bo‘lish uchun ko‘p hollarda uni o‘tib ketishini kutish, zaruriy holatlarda kerakli vitaminlar bilan davolanish kerak. Tirnoq o‘sib chiqadi va tirnoqdagi dog‘ o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Chiziqlar muntazam paydo bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir nechta tirnoqlarga ta’sir qilsa, mutaxassis shifokorga murojaat qilish kerak.

Sardorbek POYONOV internet ma’lumotlari asosida tayyorladi