English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dumbuya Gvineya prezidenti sifatida qasamyod qildi
16:22 / 2026-01-19

Mamadi Dumbuya o‘lkaning yangi konstitutsiyasiga muvofiq, yetti yillik muddatga rasman Gvineya prezidenti sifatida qasamyod qildi, deb xabar bermoqda “Al Jazeera” nashri.

Ta’kidlanishicha, minglab shaxslar va bir necha davlat rahbarlari ko‘z o‘ngida bo‘lib o‘tgan marosim Dumbaya o‘tgan oydagi saylovlarda g‘olib deb e’lon qilinganidan keyin bo‘lib o‘tdi. Yaqinda mamlakatda o‘tkazilgan prezidentlik saylovida u 86,7 foiz ovoz to‘plagandi.

Qiziq tomoni, avvaliga u prezidentlikka nomzodini qo‘ymaslikka va’da bergan bo‘lsa-da, ammo Dumbuya boshqa sakkiz nomzodga qarshi saylovda qatnashdi. 

Marosim so‘ngida Dumbuya o‘z xalqiga unga ko‘rsatilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirib, davlat qonunlari va qoidalari, shuningdek, sud qarorlariga hurmat bilan qarashga sodiqligini ta’kidladi.

Yig‘inda Ruanda, Gambiya, Senegal va boshqa Afrika davlatlari rahbarlari, Xitoy, Nigeriya, Gana va Ekvatorial Gvineya vitse-prezidentlari, shuningdek, Fransiya va AQSH rasmiylari ishtirok etdi.

O‘.Alimov, O‘zA