Dubay politsiyasi ko‘rgazmalar zalidan qiymati 3,5 million dollarga baholangan zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan guruhni o‘n soatga qolmay qo‘lga oldi.
Amirlik politsiyasining Facebook sahifasida e’lon qilgan xabarida qoroqchilar voqea joyida hech qanday iz qoldirmagani haqida aytilmoqda.
"Politsiyachilar avtomobillar salonida ko‘rgazmaga qo‘yilgan zargarlik buyumlari va qimmatbaho soatlar o‘g‘irlangani haqida ariza tushganidan keyin, 10 soat o‘tmasdan o‘g‘rilarni hibsga olishga muvaffaq bo‘ldi. O‘g‘irlangan buyumlarning bahosi 13 million dirxamga (3,5 million dollardan ko‘p) teng. O‘g‘rilar yevropaliklar bo‘lib chiqdi. Ular do‘kondagi oynalarni yechib olgan va o‘g‘irlikdan keyin mototsikllarda voqea joyida hech qanday iz qoldirmay g‘oyib bo‘lgan", - deyiladi Dubay politsiyasi rahbari Abdulla al-Murri bergan ma’lumotda.
O‘g‘irlangan buyumlar o‘zining qonuniy egasiga qaytarilgan.
Dubay politsiyasining jinoyat qidiruv Bosh boshqarmasi direktori Jamal al-Jallafning aniqlik kiritishicha, qo‘lga tushgan qoroqchilar “o‘g‘irlikka ixtisoslashgan xalqaro guruh”ning bir qismi bo‘lgan".
(S.Rahimov)