Dubayda ombor texnikasi va uskunalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 13-15 sentyabr kunlari Dubay Jahon savdo markazida to‘qqizinchi ombor texnikasi va uskunalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda ombor xo‘jaligi uchun yechimlar, shuningdek, ichki logistika masalalari va ta’minot zanjiri muammolari muhokama qilinadi.
Ko‘rgazmada ishtirokchilar yuqori texnologiyalar va robototexnika yordamida materiallarni qayta ishlash jarayonidagi o‘zgarishlar bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.
Bu yerda shuningdek, sanoatning turli sohalarida ish samaradorligini oshirish imkonini beruvchi ayrili yuklagich va boshqa yuk ko‘tarish uskunalari singari yangi texnika vositalari namoyish etiladi.
G.Abdullayeva, O‘zA