Dubayda Oltin ko‘cha quriladi
“Ithra Dubai” ishlab chiqarish korxonasi Dubayning Oltin tumani loyihasini rasman ishga tushirdi.
Bu manzil tilla taqinchoqlar, qimmatbaho zargarlik buyumlari savdosi uchun maxsus maydonga aylanadi.
- Biz soha tarixida yangi bob ochyapmiz, - deydi jamoa rahbari Isam Galadoriy. - Bu loyiha orqali savdogar, sarmoyador, chakana sotuvchi va mashhur brendlar uchun global bozor va asosiy savdo yo‘laklari bo‘ylab namunali xizmat ko‘rsatadigan rang-barang ekotizim yaratiladi.
Tilladan barpo etiladigan “Gold Street” ko‘chasi esa Dubayda vujudga keladigan yer yuzidagi ilk "Oltin uyi" asosini tashkil qiladi.
G.Sattorova. O‘zA