Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dubayda kuchli tuman tufayli aviaparvozlar kechiktirildi
19:53 / 2017-12-26

BAAda juma kunidan beri tarqamagan kuchli tuman yana Dubayda aviaparvozlarning kechiktirilishiga va bekor qilinishiga olib kelmoqda.

BAAda juma kunidan beri tarqamagan kuchli tuman yana Dubayda aviaparvozlarning kechiktirilishiga va bekor qilinishiga olib kelmoqda.

Milliy meteorologiya markazining xabariga ko‘ra, tuman yana bir necha kun davomida tarqamasligi mumkin. Dubaiairports.ae saytida aytilishicha, seshanba kuni ertalabdan ko‘plab parvozlar kechiktirilgan va bekor qilingan. Kunning birinchi yarmida Dubayda 150ga yaqin parvoz kechiktirilib, 11 parvoz bekor qilingan. Yo‘lovchilarga parvoz holatini aviakompaniya sayti yoki telefon orqali avvaldan tekshirish tavsiya qilinmoqda.