Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dubayda imom, voiz va muazzinlarga "oltin" viza berildi
14:18 / 2022-05-07

Dubay hukumati mamlakatda 20 yildan ortiq ishlagan imom, voiz va muazzinlarga amirlikda 10 yillik yashash huquqini beradi.

Tegishli buyruq Dubay hukmdori Shayx Muhammad bin Rashid ol Maktum ko‘rsatmasi asosida valiahd shahzoda va Dubay Ijroiya Kengashi raisi Shayx Hamdan bin Muhammad ol Maktum tomonidan chiqarildi.

“Islam.ru” bildirishicha, Islomning bag‘rikenglik va tinch-totuv yashash qadriyatini tarqatish bo‘yicha sa’y-harakati e’tirofi sifatida diniy xodimlarga "oltin" viza taqdim etildi. Islom ishlari va xayriya ishlari boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, Dubaydagi jami 2178 masjidda 475 nafar imom, 404 muazzin va 41 nafar voiz ishlaydi.
Muayyan ilmiy yutuqlarga erishgan oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari, muhandislik va texnologiya sohalarida ilmiy darajaga, shuningdek, mamlakat olimlar kengashi tavsiyasiga ega olimlar, mashhur talabalarga oltin viza rasmiylashtiriladi. Bunda o‘rta maktablar yetakchi o‘quvchilari, mahalliy oliy o‘quv yurtlari yoki dunyodagi 100 ta eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi ro‘yxatiga kirgan oliygohlar bitiruvchilari ushbu davlatda 10 yil yashash huquqini oladi.

Bundan tashqari turli sohada kasbiy tajribaga ega malakali xodimlar, madaniyat, san’at, sport va raqamli texnologiya sohalarida ulkan yutuqqa erishganlar ham "oltin" vizaga da’vogarlik qilishi mumkin.

O‘zA