Joriy yilning 14 mart kuni Dubaydagi Butunjahon savdo markazida gumanitar yordam va taraqqiyot bo‘yicha xalqaro ko‘rgazma ish boshlaydi.
Ushbu tadbir ko‘ngillilik madaniyatini keng yoygan holda, dunyoning yirik xayriya tashkilotlarini birlashtiradi.
Unda butun dunyodan 600 dan ziyod nodavlat tashkilotlar, gmanitar uyushmalar, kompaniyalar, yetkazib berish xizmatlari va xalqaro brendlar ishtirok etadi. Bundan tashqari, anjumandagi sakkizta muhim sessiyalarda gumanitar masalalar bo‘yicha 50 nafar ma’ruzachilar ham qatnashadi. BMT, Qizil xoch va Qizil Yarim oy harakati tomonidan 16 ta seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirda dunyoning 84 mamlakatidan 6 ming nafardan ortiq kishi ishtirok etishi kutilmoqda.
Joriy yilda 18-marotaba o‘tkazilayotgan mazkur xalqaro tadbir BMT Barqaror rivojlanishining 17-maqsadi “Barqaror taraqiyot uchun sheriklik va hamkorlik” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda qashshoqlik, iqtilm o‘zgarishiga qarshi kurash, salomatlik va farovonlik, toza suv va sanitariya, iqtisodiy o‘sish va munosib ish o‘rniga ega bo‘lish, sanoat, innovatsiyalar va infratuzilma, adolat va kuchli institutlar kabi masalalar muhokama qilinadi.