Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dubayda birinchi gidroakkumulyatsiya qiluvchi elektr stansiyasi quriladi
18:20 / 2022-06-20

BAA ning Xatta shahrida Fors ko‘rfazidagi quvvati 250 MVt bo‘lgan birinchi gidroakkumulyatsiya qiluvchi elektr stansiyasi (GAES) quriladi.

U bir vaqtning o‘zida 1,5 gigavatt soat (GVt/s) elektr energiyasini saqlay oladi. Buni Birlashgan Arab Amirliklarining to‘rt kunlik energiya sarfi bilan qiyoslash mumkin. Qiymati 837 million dollarni tashkil etuvchi stansiyaning balandligi 37 va 70 bo‘lgan ikkita to‘g‘oni uzunligi 1,2 kilometrga cho‘zilgan yer osti tunneli orqali tutashtiriladi.

Yangi GAES ning foydali ish koeffitsenti 78,9 foizni tashkil etib, bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. GAES shuningdek, 90 soniyadan oshmagan holda energiyani yetkazib berish zaruriyatiga tez javob bera olishi bilan ajralib turadi.

Loyiha 2050 yilga kelib elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan ta’minlash rejalashtirgan Dubay amirligida uglerod izini kamaytirishga ham hissa qo‘shadi.

Emirates News materiallari asosida Gulruh Abdullayeva tayyorladi.

O‘zA