Dubayda avtomobilda kirish mumkin bo‘lgan ulkan savdo markazi quriladi
Yaqin Sharqdagi eng yirik savdo va ko‘ngilochar markazlaridan bo‘lishi kutilayotgan “Dubai Square Mall” uch yil ichida ochiladi, deb xabar bermoqda “Time Out Dubai” nashri.
Loyiha “Emaar Properties” kompaniyasi tomonidan “Dubai Creek Harbour” hududida amalga oshiriladi.

Qurilish qiymati 50 milliard dollarga baholanmoqda va majmua shahar markazidan uch baravar katta bo‘lib, uni mintaqadagi eng yirik savdo markazlaridan biriga aylantiradi.

Ta’kidlanishicha, “Dubai Square Mall”ning asosiy xususiyati – uning mashinada kirish mumkin bo‘lgan infratuzilmasidir. “Emaar Properties” asoschisi Alabbarning so‘zlariga ko‘ra, loyiha shuningdek, xizmatni optimallashtirish uchun sun’iy intellekt tizimlarini birlashtiradi.
S.Rahimov, O‘zA