Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dubayda 31-savdo festivali boshlandi
11:50 / 2025-12-12

BAAning Dubay iqtisodiyoti va turizm departamenti ma’lum qilishicha, 38 kun davom etadigan festivalda ishtirokchilar jahon darajasidagi xaridlar, eksklyuziv takliflar, keng ko‘ngilochar dasturlar, yutuqli lotereyalar va qiziqarli oilaviy tadbirlardan bahramand bo‘lishadi.

Ta’kidlanishicha, mazkur festival 1996 yilda tashkil etilganidan beri savdo loyihasi global madaniy hodisaga aylangan. Bu yilgi tadbir mingdan ortiq dronlar shousi va tungi mushakbozlik bilan uyg‘unlashtiriladi. 

Bu yil mehmonlar 27 ta yangi restoranlar va 56 ta chakana savdo loyihalari, jami 100 dan ortiq eksklyuziv mahsulotlardan bahramand bo‘lishadi. Qolaversa, bepul konsertlar, interaktiv san’at formatlari va yangi tomosha nuqtalari bilan ta’mirlangan maydon tashrif buyuruvchilar uchun unutilmas lahzalarni taqdim etishi kutilmoqda.

G.Sattorova, O‘zA