Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dubay shahrida Xalqaro Elektrotexnika komissiyasi (IEC) bosh assambleyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
10:55 / 2021-10-06

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Xalqaro Elektrotexnika komissiyasi bosh assambleyasining 85-yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Unda Elektrotexnika va energiya sohasiga oid xalqaro standartlarni ishlab chiqish, ularning mamlakat eksport salohiyati va milliy iqtisodiyotini oshirishdagi o‘rni, texnik qo‘mitalar faoliyatini rivojlantirish, standart sohasida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash masalalariga e’tibor qaratiladi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning Birlashgan Arab Amirligidagi elchixonasi hamkorligida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi ilk bora ishtirok etdi, deya xabar beradi agentlik Matbuot xizmati.

Uchrashuv doirasida ilk bor agentlik vakillari tomonidan mamlakatimizda standart sohasida olib borilayotgan ishlari yuzasidan taqdimot qilindi. Yurtimizda so‘ngi yillarda standart sohasidagi harakatlar IEC tashkiloti rahbariyati va ishtirokchilar tomonidan ijobiy baholandi.

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA