Birlashgan Arab Amirliklari Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan aviatsiya ko‘rgazmasi namoyishi chog‘i Hindiston havo kuchlariga qarashli “Tejas” samolyoti halokatga uchradi.
Uchuvchi voqea joyida halok bo‘lgan. Bu haqda hind harbiy delegatsiyasi vakili ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida ma’lum qilgan.
Ko‘p maqsadli, bir dvigatelli, tovushdan tez harakatlanadigan qiruvchi samolyot - “Tejas”ning 60 foiz qismi “Hindustan Aeronautics Limited” va Hindiston Mudofaa vazirligi tomonidan 30 yillik sa’y-harakat natijasida ishlab chiqilgan. Hukumat bunday yengil jangovar samolyot loyihasini 1983 yil ma’qullagan. Dastlab uchoq Harbiy-havo kuchlari tomonidan 1994 yil xizmatga jalb qilinishi rejalashtirilgandi.

Binobarin, qurilma 2015 yilga kelibgina foydalanishga topshirildi.

Halokat sababini aniqlash uchun tergov qo‘mitasi tuzilgani aytilmoqda. “Gulf News” tarqatgan xabarga ko‘ra, ayni payt namoyish maydonida parvozlar to‘xtatilgan.
S.Rahimov, O‘zA