Dubay joriy yilda naqd puldan voz kechmoqchi
2026 yil oxiriga kelib BAAning Dubay shahrida moliyaviy operatsiyalarning 90 foizi raqamli shaklda amalga oshiriladi, bu esa iqtisodiy o‘sishni yiliga 8 milliard dollardan ko‘proqqa oshirishi mumkin, deb yozmoqda “Time out Dubai” nashri.
Ta’kidlanishicha, Amirlikda naqd pulsiz to‘lovlarga o‘tish strategiyasi ilk bor 2024 yil oktyabrda e’lon qilingan. Ushbu rejani amalga oshirish vositalari bank va boshqa ilovalar, kartalar va kelajakda raqamli to‘lovlarda sun’iy intellektga asoslangan innovatsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Shaharda do‘konlarning 100 foizi raqamli to‘lovlarni qabul qilishi va mahalliy aholi to‘liq raqamli to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi rejalashtirilgan.
Dubay ma’muriyati shuningdek, shahar aholisiga moliyaviy texnologiyalar bo‘yicha bir qator xizmatlarni taqdim etishni xohlayotganini ma’lum qildi.
O‘.Alimov, O‘zA