Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Dubay ishbilarmon ayollar kengashi” mehnat bozorida raqobatni oshiradi
12:30 / 2022-07-22

Hamkorlarimiz sahifalarida

Dubay ishbilarmon ayollar kengashi professional ishbilarmon ayollar va tadbirkorlar ehtiyojini qondirish uchun turli mavzuda ixtisoslashtirilgan o‘quv seminarlari va biznes uchrashuvlarini yakunladi.

O‘tgan oy 250 dan ziyod xotin-qiz ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda ayollar salomatligi va farovonligi, tadbirkorlik muhitida boshlang‘ich ko‘nikma, shaxsiy va kasbiy ko‘nikmaga sarmoya kiritish, ish mahsuldorligini oshirish masalalarigaga e’tibor qaratildi.

Ishbilarmon ayollarga biznes muhiti va kundalik hayot muammolaridan xoli sog‘lom hayot tizimini o‘zlashtirishda yordam berish uchun "Ayollar salomatligi va farovonligi konferensiyasi" interaktiv muloqoti orqali kasbiy hayotga moslashish, shaxsiy va professional darajada muvaffaqiyatga erishish dasturi ko‘rib chiqildi. Dastur tibbiy yordam va inson taraqqiyoti sohasidagi ilg‘or tajriba, texnika va imkoniyatni ko‘rib chiqish hamda yanada muvozanatli va muvaffaqiyatli hayotni, sog‘lik uchun g‘amxo‘rlikni ta’kidlashga qaratilgan.

Biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor Nadin Xalabiy kengashning maqsadi ayollar va tadbirkorlar ko‘nikmasini rivojlantirish, ularning maqsadga erishish yo‘lida kasbiy va shaxsiy tajribasini oshirishdan iborat ekanini qayd etdi.


Muharrama Pirmatova, O‘zA