Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dubay Gran-prisining ilk kunida 4 ta medal qo‘lga kiritildi
13:57 / 2026-02-11

BAAning Dubay shahrida para yengil atletika bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro musobaqa start oldi. Dunyoning qator mamlakatlaridan kuchli sportchilar jam bo‘lgan nufuzli bahslarning dastlabki kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mamlakatimiz vakillari birinchi kun dasturida 3 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Jumladan, yadro uloqtirish bahslarida Xurshid Qodirov, Barotjon Baxtiyorov hamda Tolibboy Yo‘ldoshev kumush medalga sazovor bo‘ldi. Yana bir hamyurtimiz Jasur Xo‘jayev ushbu dasturda bronza medalini qo‘lga kiritib, jamoamiz hisobini yanada boyitdi.

Shu tariqa, musobaqaning ilk kuniyoq terma jamoamiz a’zolari sovrindorlar safidan joy olib, yurtimiz bayrog‘ini xalqaro maydonda yana bir bor yuksakka ko‘tardi.

Bugun ham sportchilarimiz bir qator yo‘nalishlarda ishtirok etadi. Xususan, yadro uloqtirish bahslarida Oybek Berdiyarov (17:00) va Azizbek Abdukarimov (17:05), bulava uloqtirish dasturida Mahliyo Akramova (17:10) startga chiqadi. Shuningdek, 100 metrga yugurish musobaqasida Barotjon Baxtiyorov (17:30) hamda Sodiqjon Mamadiyev (18:00) bahs olib boradi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA