Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dubay Gran-prisida 12 ta medal qo‘lga kiritildi
11:17 / 2026-02-15

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para yengil atletika bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro musobaqa o‘z nihoyasiga yetdi.

Dunyoning 46 davlatidan 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan nufuzli bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham munosib ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, yurtdoshlarimiz tomonidan 2 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza, jami 12 ta medal qo‘lga kiritildi.

Quyida musobaqa g‘olib va sovrindorlari bilan tanishasiz:

Oltin medallar: Mahliyo Akramova (bulava uloqtirish), Xurshid Qodirov (bulava uloqtirish);

Kumush medallar: Xurshid Qodirov (yadro uloqtirish), Barotjon Baxtiyorov (yadro uloqtirish, uzunlikka sakrash va 100 metrga yugurish), Tolibboy Yo‘ldoshev (yadro uloqtirish), Temur G‘iyozov (uzunlikka sakrash);

Bronza medallar: Jasur Xo‘jayev (yadro uloqtirish), Sodiqjon Mamadiyev (uzunlikka sakrash), Oybek Berdiyarov (yadro uloqtirish), Azizbek Abdukarimov (yadro uloqtirish).

Mazkur musobaqada qayd etilgan natijalar para atletika bo‘yicha terma jamoamizning xalqaro maydonda hamon yetakchilardan biri ekanini yana bir bor namoyon etdi. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA