“Dubay-2025”: 6 bokschimiz finalga yo‘l oldi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha IBA jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar a’zosi final bosqichiga yo‘llanma oldi.
Chempionatning yarim final bosqichida 9 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi. Ular orasida Abdumalik Xalakov (-60 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg), Hasanboy Do‘smatov (-51 kg), Javohir Ummataliyev (-80 kg), To‘rabek Habibullayev (-92 kg) va Arman Maxanov (+92 kg) 13 dekabr kuni o‘tkaziladigan hal qiluvchi final bahslarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Afsuski, Asilbek Jalilov, Fazliddin Erkinboyev va Xo‘janazar Nortojiyev o‘z vazn toifalarida jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA