Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Dubai Muscle Classic”ga o‘zbekistonlik sportchilar zafar quchdi
07:51 / 2025-10-31

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bodibilding va fitness bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro “Dubai Muscle Classic” turnirida o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatga erishdi.

Nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik 5 nafar sportchi ishtirok etgan bo‘lsa, ulardan Bahromjon Boymirzayev oltin medalga egalik qildi.

Shuningdek terma jamoamiz a’zolaridan Ibrohim Latiov, Umarjon Ho‘janov va Xurshid Botirov shohsupaning 2-pog‘onasidan joy egallagan vaziyatda  yana bir iqtidorli sportchimiz Shoxruxmirzo Ergashev bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Aytish lozim, Dubay turniriga qadar o‘zbekistonlik bodibilding ustalari AQSHda o‘tkazilgan “Mister Olympia” turnirida umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallagandi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA