Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dual ta’limning to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishdagi istiqbollari qanday?
14:42 / 2023-01-16

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifing shu mavzu xususida bo‘ldi.

“O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi boshqarma boshlig‘i Sardor Odinayev dastlab 2022 yil bo‘yicha sohada erishilgan natijalarga urg‘u berib, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 79,9 trillion so‘mni, eksport hajmi 3,2 milliard dollarni tashkil etganini ta’kidladi. Shuningdek, hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida umumiy qiymati 771,2 million dollarga teng jami 88 ta loyiha amalga oshirilishi tufayli 23 ming 130 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.  

– 2023 yil yakuni bilan sohada kutilayotgan natijalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 85 trillion so‘mni va eksport hajmi qariyb 5 milliard dollarni tashkil etishi ko‘zda tutilgan, –dedi S.Odinayev. – Hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida umumiy qiymati 1 milliard 290 million dollarga teng jami 76 ta loyiha amalga oshirilishi va 26 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratish joriy yildagi rejalarimiz. Shuningdek, sohada kadrlarni o‘qitish masalasiga ham asosiy e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2022 yilda 1076 ta tarmoq korxonalarining ishchilarga ehtiyoji qariyb 35 mingtani tashkil etdi. Respublika professional ta’lim muassasalarida yiliga to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasida 11 mingdan ziyod, Monomarkazlar va kasb-hunarga o‘qitish markazlarida 17 mingdan ziyod mutaxassislar tayyorlanadi.  

Ana shu talablardan kelib chiqib, brifingda sohada talab yuqori bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, to‘qimachilik rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida tashkil etish va bunga xalqaro tashkilotlar texnik va moliyaviy ko‘magini jalb etish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi. Bunda rejaga ko‘ra, Yevropa modeli asosida o‘rta bo‘g‘in malakali mutaxassislarini tayyorlash va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi professional ta’lim muassasalari hamda to‘qimachilik korxonalari bilan hamkorlikda dual ta’limi tizimini joriy etish va bunga xalqaro tashkilotlar texnik va moliyaviy ko‘magini jalb etish maqsadida xorijiy loyihalar amalga oshiriladi. Xususan, Germaniyaning “GIZ” dasturi loyihasi va Xitoyning “AVIC Intl” kompaniyasi loyihasi tatbiq etiladi.  

Mutaxassisning qayd etishicha, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalaridan 72 tasida ichki o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv kurslari tashkil etilgan korxonalarda yil davomida o‘rtacha 1000 dan ortiq ishchi xodim tayyorlanadi. O‘tgan 2022 yilda soha korxonalari rahbarlari ishtirokida dual ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha ilk qadamlar boshlandi. Ya’ni Xorazm viloyatidagi Bog‘ot yengil sanoat texnikumi bilan hamkorlikda “Yigiruvchi” kasbi bo‘yicha dual ta’lim tizimi tashkil etildi.  

Bu yil reja asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Namangan viloyatlarida talab yuqori bo‘lgan professional kasblar yo‘nalishida dual ta’lim tizimi va xorijiy ta’lim dasturlarini joriy qilish bo‘yicha pilot loyihalar amalga oshiriladi.  

 

Nasiba ZIYODULLAEVA,  

O‘zA