Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dual ta’limga asoslangan hamkorlik
12:18 / 2025-12-14

Qarshi davlat texnika universiteti hamda “TAT COLA” mas’uliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasi o‘rtasida dual ta’limni joriy etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bitim O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Shahlo Ibragimova, QarDTU rektori Sherzod Ne’matov va “TAT COLA” MCHJ rahbari Ahmadshoh Mohammadi ishtirokida imzolandi.

Memorandum ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiyalash, dual ta’lim va haq to‘lanadigan amaliyotni tashkil etish, universitetning tegishli kafedralari filiallarini korxona huzurida ochishni nazarda tutadi.

[gallery-26720]

Hamkorlik doirasida talabalarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish hamda oliy ta’lim, fan va sanoat integratsiyasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tadbir yakunida ishtirokchilar korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘lmas Barotov,

Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA