Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dual ta’limdan ijtimoiy himoyagacha (video)
14:12 / 2025-05-24

Farg‘onadagi Ekoshahar hududi kichik sanoat zonasida o‘tgan yili Germaniyaning “Teamdress” kompaniyasi investitsiyasi hisobidan yangi korxona ishga tushirilgan edi. Loyiha qiymati 3,2 million yevroga teng ushbu korxonada 200 ta ish o‘rni yaratilgan. Bu yerda tayyorlanayotgan yuqori sifatli maxsus kiyim-boshlar to‘liq Yevropa bozorlariga chiqarilmoqda.

Bu yerda dual ta’lim tizimi joriy etilgan. Marg‘ilon shahridagi 2-sonli kasb-hunar maktabi bilan hamkorlikda o‘quv jarayoni va ishlab chiqarish integratsiya qilingan.

[gallery-23543]

Korxonada ijtimoiy himoya masalasi ham ustuvor yo‘nalishlardan  hisoblanadi. Avvalambor, ehtiyojmand oilalar vakillari ishga qabul qilinib, ularga doimiy ravishda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda. Shu bilan birga, xodimlar farzandlari uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilgan bo‘lib, bu orqali ota-onalarning ish joyidagi samaradorligi va xotirjamligi ta’minlanmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/PQcDONF7e0I" title="Dual ta’limdan ijtimoiy himoyagacha" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muqimjon QODIROV (surat va video), O‘zA