Navoiy davlat universiteti “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati hamda viloyatning yirik kompaniyalaridan biri – “Zarafshon Golden Group” bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Unga ko‘ra, ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, yosh mutaxassislarni tayyorlash tizimini zamonaviy ehtiyojlar hamda dual ta’lim tizimi asosida takomillashtirish maqsadida o‘zaro hamkorlik qilinadi.

Memorandum doirasida talabalar uchun ishlab chiqarish amaliyotlarini korxonalar bazasida tashkil etish yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsion loyihalar va kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, ishlab chiqarish ob’ektlarida kafedralar filiallarini ochish, o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar uchun korxona sharoitida tajriba almashish imkoniyatlarini yaratish yo‘nalishlarida birgalikda ish olib boriladi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri