Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dual ta’lim asosida sohani rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik aloqalari davom etmoqda
14:47 / 2025-02-04

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan so‘nggi vaqtlarda sport ta’limi sohasida amaliy va nazariy bilimlarni integratsiya qilish maqsadida dual ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda.

Oliygohning ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi hamda Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi mas’ullari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda ana shu masalalarga e’tibor qaratildi. Xususan, sport maktablari, sportga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarini o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash borasida so‘z yuritildi. Intensiv malaka oshirish platformasi uchun sport sohasiga oid ta’lim resurslarini yaratish, muntazam yangilab borish, sportning dolzarb muammolarini qamrab olgan ilmiy-tadqiqotlar olib borishni qo‘llab-quvvatlash hamda ilg‘or jahon tajribasi asosida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishni ilmiy-metodik ta’minlash yuzasidan tajribalar almashildi.

Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi kutubxona fondiga turli kitoblar to‘plami topshirildi.

N.Rahmonova, O‘zA