DTM: telefon olib kirgan abituriyent imtihondan chetlatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda bu yilgi OTMga kirish imtihonlari test sinoviga taalluqli savollar surati tarqaldi. DTM holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, kimyo fanidan test topshiriqlari aks etgan test savollari kitobi bugun, 8 avgust kuni Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lgan. Testning birinchi kunidayoq abituriyent imtihon joyiga telefon olib kirgan. U test savollari kitobini rasmga olib tarqatgan.
DTM holat yuzasidan bergan ma’lumotga ko‘ra, abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlanib, dalolatnoma asosida sinovlardan chetlashtirilgan.
O‘zA