English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
DSPga chalingan bolalarning yaqinlari sabrli bo‘lishi kerak (+video)
10:28 / 2025-06-19

“Salomat bo‘ling” dasturining bu galgi sonida DSP — bosh miya falaji haqida kengroq ma’lumot beramiz. Ayni paytda Milliy tibbiyot markazining malakali ortoped-jarrohlari tomonidan bu tashxisga ega bemorlarda muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur operatsiyalar bemorning mushaklaridagi kuchli spazmlarni kamaytirish, qo‘l-oyoq harakatlarini yaxshilash va mustaqil harakat qilish imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi.  

Muhimi, bu amaliyotlar xalqaro standartlarga mos ravishda, zamonaviy uskunalar yordamida mamlakatimizda amalga oshirilmoqda.  

Jarrohlikdan so‘ng esa har bir bemor uchun alohida tuzilgan reabilitatsiya dasturi asosida tiklanish ishlari olib boriladi. Fizioterapiya, muolajalar, uqalash va ota-onaning mehribonligi – bu yo‘ldagi eng asosiy tayanch hisoblanadi.  

Harakat qila olgan birinchi qadam, mustaqil tik turgan ilk daqiqa — bu shunchaki tibbiy yutuq emas, bu – hayotga qaytishning timsolidir.  

Milliy tibbiyot markazi shifokorlari kasallikning kelib chiqishi, tashxisi va davolash choralari haqida batafsil...

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Xpz2Q_UXTP0?si=hO8Ztx6klf9wwHy7" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev, O‘zA