Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Jo‘rabek G‘oyibov Sardoba tumanining “Bo‘ston” mahallasida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.
Unda mutasaddi tashkilot va muassasalar vakillari ham ishtirok etdi.
Aholi kredit olib oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, uy-joy qurish (yoki sotib olish) niyatini bildirdi. Bandlik masalalarida murojaat qilgan fuqarolarning murojaati mas’ul tashkilot rahlarlari ishtirokida shu yerning o‘zida ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, sayyor qabul doirasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi, madaniy tadbir hamda "Salomatlik haftasi" doirasida ommaviy tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Shundan so‘ng sektor rahbari mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika noziri, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faollarining faoliyati bilan tanishdi. Joriy yil 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilandi.
Shuningdek, tumanning 4-sektor hududiga qarashli “Bo‘ston”, “Ravot”, “Zomin” mahallalari yoshlaridan tuzilgan jamoalar o‘rtasida mini-futbol musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa so‘nggida sportsevar yoshlar rag‘batlantirildi.
So‘ng ushbu mahalladagi ehtiyojmand oilalardan xabar olinib, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Shuhrat Suyarov, O‘zA